"Olmaliq": Bugun "Neftchi" bilan o'yin

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2016, 10:21
Toshkentda o'z mashg'ulotlarini olib borayotgan "Olmaliq" rejaga ko'ra bugun Farg'onaning "Neftchi" jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Kuniga ikki mahaldan olib borilayotgan mashg'ulotlarda asosiy tarkibga chaqirilgan barcha futbolchilar ishtirok etmoqda. Ma'lum muddat ko'rikda bo'lgan Sergey Rekunga javob berildi. Yoshlar jamoasidan Abdumalik Toshpo'latov va Azizbek Suyunov asosiy tarkib safidan joy olgan. Farg'onaliklarga qarshi o'yin bugun, 24 yanvar kuni Chilonzor sun'iy qoplamali maydonida soat 15:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz