Olimpiyachilar “Kamolot kubogi” bosh sovrinini qo'lga kiritishdi

Narzulla Saydullayev
15 apr 2016, 14:56
Qarshi shahrida kollej o'quvchilari o'rtasida futbol bo'yicha “Kamolot kubogi” musobaqasi viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqaga tuman bosqichlaridan g'olib chiqqan 12ta kollej terma jamoalari ikki guruhga bo'lingan holda bahs olib borishdi.

Qarshi tibbiyot kolleji hamda Qarshi iqtisodiyot kolleji futbol maydonlarida kechgan keskin va qiziqarli kurashlarga boy bo'lgan  musobaqada Koson pedagogika iqsodiyot kolleji  Qarshi Olimpiya zahiralari kolleji terma jamoalari  guruhdagi barcha raqiblarni engib, final bahsiga yetib kelishdi.

Musobaqa g'olibligi uchun kechgan final uchrashuvida har ikkila jamoa optimal tarkibda saf tortdi. Boisi, tarkibga e'tibor qaratsak, kosonliklarda “Nasaf” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi, 1-liga vakili Buxoroning “G'ijduvon” jamoasi futbolchisi Amirjon Temirov va tarkibdan o'rin olgan boshqa futbolchilar  viloyat ikkinchi ligasida ishtirok  etadigan “Alanga” jamoasida to'p tepishadi.

Musobaqa mezbonlari sifatida harakat qilayotgan Qarshi olimpiya zahiralari kolleji terma jamoasi safidagi futbolchilar  viloyat ikkinchi ligasi vakili “Olimpiya” jamoasi a'zolari  hisoblanishadi.

Eslatib o'tamiz,  tajribali murabbiylar O'tkir Xoliqov va Sardor Raximqulovlar boshchiligidagi ushbu jamoa o'tgan mavsum viloyat ikkinchi ligasida vice chempionlikni qo'lga kiritgan.  

Final bahsining birinchi bo'lim boshlarida qarshiliklar o'yinni keskin hujumlar bilan boshlab, 5-daqiqadayoq hisobni ochdi. Jamoa yetakchisi  Rustam Choriev burchak zarbasini amalga oshirib, to'pni jarima maydoni chizig'ida turgan tezkor Feruz Xo'jaqulovga etkazdi. Himoyachilar e'tiboridan chetida qolgan qarshiliklar hujumchisi kuchli va aniq  zarbasi bilan to'pni darvozaning pastki burchagiga joylab quydi. Futbolchilar bilan to'silgan darvozabon to'p yo'nalishini ko'rmay qoldi. 1:0.


Voqealarning bunday rivojini kutmagan kosonlik futbolchilarning o'yini qovushmay qoldi. Jamoa maydon markazini raqibiga topshirib qo'yib, katta kuch bilan himoyalanishga majbur bo'ldi. Olimpiya zahiralar kolleji jamoasi qanoatlardan foydalanib, xavfli hujumlarni uyushtirib turdi, lekin golga tortadigan vaziyatlar sodir eta olmadi. Uzoq masofalardan yo'llangan zarbalarga esa aniqlik yetishmadi. Shu tarzda jamoalar tanaffusga chiqishdi.

Ikkinchi bo'limda murabbiy Sardor Raximqulov maydonga yangi kuchlarni tushirdi. Bu o'zgarish mezbonlar o'yinini yanada jonlantirdi. Jamoa himoyachi Shahzod Abduvoitov o'z jarima maydonchasidan to'pni  uzoq masofada turgan jamoadoshi tinib-tinchimas Feruz Xo'jaqulovga zargarona tarzda etkazib berdi. Xo'jaqulov jarima maydoni ichida markaziy himoyachini aldab o'tib, qulay vaziyatga chiqdi va yaqin masofadan to'pni  darvozaga aniq yo'lladi va dublga erishdi. 2:0.  

Koson pedagogika iqsodiyot kolleji jamoasi o'tkazib yuborilgan golga tushkunlikka tushmasdan faollikni yanada oshirib, xavfli hujumlarni uyushtira boshlashdi. Ammo raqib himoyachilarni bexato harakati qilishi evaziga xavfli vaziyatlar bartaraf etildi.  Uchrashuvda yakuniga qadar, futbol muxlislari boshqa golga tortadigan vaziyatlar guvohi bo'lishmadi.

Musobaqa yakunidan so'ng, g'oliblarni viloyat “Kamolot” yoshlar ijtimoiyi harakati vakillari kubok, diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlashdi.
1-o'rin Qarshi olimpiya zahiralari kolleji
2-o'rin Koson pedagogika iqsodiyot kolleji
3-o'rin Yakkabog' Agro-sanoat kasb-hunar kolleji

Kubokni qo'lga kiritgan Qarshi olimpiya zahiralari kolleji jamoasi may oyida bo'lib o'tadigan  respublika hududiy bosqichida ishtirok etishadi, ular Surxondaryo viloyatida g'olib bo'lgan kollej jamoasi bilan bahs olib borishadi.  

-   Musobaqa ko'tarinki ruhda o'tdi, - deydi musobaqa g'olibi va chiroyli gol muallifi Shahzod Abduvoitov. - Jamoalar katta tayyorgarlik ko'rganligi turnir davomida o'z aksini ko'rsatdi. Turnir kubogini boshimiz uzra yuqoriga ko'tarish orqali g'oliblik naqadar yoqimli ekanligini yana bir bor xis qildik.   


Faxriddin CHORIEV. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia