Olamsport.com: Meyvezer-Pakyao jangiga 700 dona chipta sotuvga chiqariladi va kunning boshqa xabarlari

Narzulla Saydullayev
6 apr 2015, 12:43
Saytimiz hamkori hisoblangan Olamsport.com saytida chiqqan eng sara xabarlar bilan tanishing.

Mayami (ATR). Novak Jokovich 51-sovrinini qo'lga kiritdi

AQSHning Mayami shahrida “Masters” seriyasiga kiruvchi yirik tennis turniri yakunlandi. Erkaklar o'rtasidagi musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida serbiyalik Novak Jokovich hamda britaniyalik Endi Marrey kortga chiqishdi. Batafsil



Shaxmat. Mariya Muzichuk jahonning 15-chempioni!

Rossiyaning Sochi shahrida shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasidagi jahon chempionati ukrainalik grossmeyster Mariya Muzichukning g'alabasi bilan yakunlandi. To'rtta partiyadan iborat final uchrashuvida Muzichuk rossiyalik dugonasi Natalya Pogoninani 2,5:1,5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Batafsil


Mark Selbi – China Open musobaqasi g'olibi!

Mark Selbi snuker bo'yicha Xitoyning Pekin shahrida o'tkazilgan o'tgan haftaning eng nufuzli turniri – China Open musobaqasi g'olibiga aylandi.  Batafsil



JCH-2015da eng yaxshi natijamiz qayd etildi – 27-o'rin


Poytaxtimizdagi muhtasham “O'zbekiston” sport saroyi hamda Badiiy gimnastika bo'yicha bolalar-o'smirlar respublika ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari sport maktabi majmuasi mezbonlik qilayotgan o'smirlar (17 yoshgacha) va yoshlar (20 yoshgacha) o'rtasidagi jahon chempionatida navbatdagi g'olib va sovrindorlar ma'lum bo'ldi. Batafsil


Bugun Qarshida tennis turniri start oladi

Bugun Qarshi shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirning asosiy to'r bahslari start oladi. Musobaqaning asosiy davrasida 11 nafar tennischilarimiz o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi. Batafsil


“Vorskla” o'z uyida yutqazdi, Tursunov yagona javob goli muallifi

Ukraina chempionatining 18-turida hamyurtimiz Sanjar Tursunov to'p tepayotgan Poltavaning “Vorskla” klubi o'z maydonida “Dnepr” jamoasini qabul qilib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Batafsil


Istomin 3 o'ringa pastladi, Do'stov esa 4 pog'ona ko'tarildi

Bugun professional tennischilarning haftalik yangi reytingi e'lon qilindi. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rniga nisbatan 3 pog'onaga pastlab, ayni paytda 66-o'rinni egallab turibdi. Batafsil



Oybek Jo'raev Anapada bronzaga ega bo'ldi


Rossiyaning Anapa shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasida xalqaro turnir bo'lib o'tdi. O'z tarixida sakkizinchi bor tashkil etilgan musobaqada O'zbekiston yoshlar terma jamoasining bir guruh charm qo'lqop ustalari ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. Batafsil


Ronaldu “Kuchli beshlik”dagi 53 ta jamoadan ko'p gol urgan

Xabar berganimizdek, Krishtianu Ronaldu “Granada”ga qarshi kechgan kechagi uchrashuvda 5 ta gol kiritib, Primeradagi gollari sonini 36 ta golga etkazib olgan edi. E'tiborlisi, aynan shuncha golni Yevropaning kuchli beshta chempionatidagi 53 ta jamoa hozirgacha kiritgan. Batafsil


Meyvezer-Pakyao jangiga 700 dona chipta sotuvga chiqariladi


Ushbu haftada Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o'rtasida 2 may kuni bo'lib o'tadigan jang uchun 700 dona chipta erkin sotuvga chiqariladi. Bu haqida jang tashkilotchilari xabar berishgan. Eng arzon chipta narxi 1500 dollarni tashkil qiladi. Batafsil



Serena Uilyamsning Mayamidagi rekordi

Xabar berganimizdek, shanba oqshomida Mayami shahrida “Miami Open” turnirining ayollar o'rtasidagi musobaqalari Serena Uilyamsning g'alabasi bilan yakunlangan edi.  Batafsil


“Golden Steyt” 40 yillik tanaffusdan so'ng MBA chempioni!

Milliy Basketbol assotsiatsiyasining muntazam chempionatida muddatidan avval chempion jamoa nomi ma'lum bo'ldi. “Dallas” jamoasidan 123:110 hisobida ustun kelgan “Golden Steyt” klubi ana shu nomga sazovor bo'ldi. Batafsil


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com