OFK so'rovnomasida kutilganidek eronlik futbolchi birinchi bo'ldi

Xayrulla Xoliqov
17 okt 2020, 12:49
OFK sayti Osiyo chempionlar ligasi G'arb mintaqasi ishtirokchilari orasida so'rovnoma o'tkazdi.

So'rovnomada eng chiroyli gol muallifi aniqlandi. Va bunda kutilganidek, eronlik futbolchi Shojae Xalilzoda birinchi o'rinni egalladi. Uning "Sharja" klubiga urgan goli muxlislar nazdida eng chiroyli gol deb topildi. "Persepolis" futbolchisi so'rovnomada 48 foiz ovoz bilan g'olib chiqdi. 

Ma'lumki, eng chiroyli gol bo'lishga nomzodlar orasida "Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipovning Toshkentda "Shabab Al Ahli"ga urgan goli ham bor edi. Uning goli 4 foiz ovoz to'pladi. Eng chiroliy golga da'vogarlar orasida ikkinchi o'rin ham Eron klubi "Istiqlol" a'zosi Sheyk Diabatega nasib etdi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com