OFK kubogi. Hamyurtlarimiz ishtirok etgan bahsda “Xo'jand” g'alaba qozondi

Administrator
24 iyun 2022, 23:25
OFK kubogining 1-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Tojikistonning “Xo'jand” klubi dastlabki turni g'alaba bilan yakunladi. Bishkekda kechgan bahsda ular Turkmanistonning “Kopetdag” klubini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 

Mazkur bahsda “Xo'jand” safida hamyurtlarimiz Samandar Ochilov va Firdavs Abdusalimov 90 daqiqa maydonda harakat qilishdi. 

“F” guruhi

“Kopetdag” – “Xo'jand” – 1:3

Gollar: Akmamedov 58 – Daler Yodgorov 3, 7, Tohir Maladustov 85. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia