O'FF rasmiy saytining yangilash ishlari davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
9 mar 2014, 16:38
Profilaktika ishlari ijobiy samara bermagach, O'FF rasmiy sayti yangidan tashkil qilinadigan bo'ldi.
Ayni paytda O'FF rasmiy saytining yangi kontenti, dizaynini yasab beradigan mutaxassislar bilan muzokaralar ketayapti. 2014 yilning boshida O'FF rasmiy sayti xosting bilan bog'liq muaamolar tufayli kirib bo'lmaydigan holatga keldi va o'shandan beri ishlamaydi.

O'FF rasmiy saytining kontenti va dizayni bilan ishlaydigan guruh bilan shartnoma tuzilib, ish boshlangach, bu haqda shu yerda xabar beramiz. O'FF rasmiy sayti ishga tushguncha, rasmiy xabarlarni O'FF rasmiy tvitteri orqali olish mumkin. Tug'dirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz.

O'FF matbuot xizmati.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia