O'FA va Ektor Kuper o'rtasidagi shartnoma bekor qilindi

Tolibjon Qosimov
23 sen 2019, 11:31
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o'rtadagi mavjud shartnomani o'zaro kelishuvga asosan bekor qilishdi.

Eshitdik-da! Ektor Kuper ertaga o'z yurtiga uchib ketadi

2018 yilning avgust oyida O'zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga kelgan argentinalik mutaxassis bosh jamoamizga 1 yildan ortiqroq muddat davomida ustozlik qildi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ektor Kuper hamda uning boshchiligidagi murabbiylar shtabiga O'zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va ularga kelgusi faoliyatida omad tilaydi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz