Odil Ahmedovning jamoadoshi "Flamengo"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2017, 12:25
Xitoyning "Shanxay SIPG" klubi yarim himoyachisi Dario Konka faoliyatini Braziliyada davom ettiradi

Argentinalik futbolchi ijara asosida 2017 yil oxiriga qadar Braziliyaning "Flamengo" klubi sharafini himoya qiladigan bo'ldi. Konka 2011-2013 yillarda Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubi sharafini himoya qildi. 2015 yildan buyon "Shanxay SIPG"da o'ynab kelayotgandi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda "Shanxay SIPG" o'z safiga ikki legioner futbolchilar braziliyalik Oskar hamda, o'zbekistonlik Odil Ahmedovni qo'shib olgandi. Bundan tashqari jamoada Xalk, Elekson va Kuassi kabi legionerlar mavjud. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/Flamengo