OCHLda O'zbekistonga 4ta o'rin berilishi mumkin...

Nadirkhuja Yuldashev
20 noya 2013, 16:00
Kelasi yil OFK tomonidan Osiyo chempionlar ligasi va OFK Kubogi uchun kimga nechta joy ajratilishi 25 noyabr kuni ma'lum bo'ladi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 1 noyabrga qadar O'zbekiston chempionatida ishtirok etuvchi 4ta jamoa Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish uchun tegishli hujjatlarni OFKga taqdim etishi kerak. Ayni paytda 2014 yilgi mavsumda xalqaro maydonlarda bizdan nechta jamoa ishtirok etishi noma'lum. Biroq OCHLda muntazam ishtirok etib keladigan har bir mamlakat o'zidan 4ta jamoa nomini ma'lum qilishi lozim. Katta ehtimol bilan 4ta o'rindan 2tasi to'g'ridan to'g'ri guruh o'yinlarida ishtirok etadi. Agar bu qaror kuchga kirsa, O'zbekiston sharafini "Bunyodkor" va "Lokomotiv" jamoalari liga o'yinlarida himoya qiladilar. Pley-off o'yinlarida esa "Nasaf" va "Paxtakor" guruh bosqichi uchun kurash olib boradi. Yangi mavsumda pley-off o'yinlari uy-safar tizimida o'tkaziladi. Shuningdek, 1+1, 1+2, 1+3, 2+1 va 2+2 ko'rinishdagi yo'llanmalarga ham ega chiqishimiz mumkin. Agar, "Paxtakor" jamoasini OFKga tegishli hujjatlarni taqdim etayotganligini inobatga olsak, pley-offdagi o'rinlarimiz soni bittadan ko'p bo'lishini taxmin qilish qiyin emas.

Yangi yildan e'tiboran, Quvayt, Iordaniya va Bahrayn jamoalari ham OCHLda to'g'ridan to'g'ri yoki pley-off ko'rinishida yo'llanmaga ega bo'lishga yaqin turibdi.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia