

Shunday qilib, 4 yildan so'ng O'zbekiston klubi Osiyo chempionlar ligasi chorak finaliga yo'l oldi. Oxirgi marta 2012 yilda "Bunyodkor" chorak finalga chiqqandi. O'sha yil "qaldirg'ochlar" yarim finalda "Ulsan Xyunday" klubiga yutqazib qo'yishgandi.
Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv"ning chorak finaldagi raqibi qur'adan so'ng ma'lum bo'ladi. Qur'a tashlash marosimi barcha chorak finalchilar aniqlanganidan so'ng bo'lib o'tadi.
Chorak finalning dastlabki uchrashuvi 23-24 avgustda, javob bahslari 13-14 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.



