OCHL. 3-turdan keyin Sharq mintaqasida nima gap?

Xayrulla Xoliqov
11 apr 2019, 16:49
Osiyo chempionlar ligasida guruh bosqichi 3-tur bahslariga yakun yasaldi.

G'arb mintaqasida o'tkazilgan o'yinlar va guruhlar jadvali borasida ma'lumot berdik. Quyida Sharq mintaqasiga to'xtalamiz. 

"E" guruhida Yaponiyaning "Kashima Antlers" klubi 7 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. Bu jamoa safarda "Gyongnam" mehmoni bo'lib 3:2 hisobida zafar quchdi. 

3-tur natijalari:

"Gyongnam" - "Kashima Antlers" 2:3

"Shandong Luneng" - "Johor Darul Tazim" 2:1

 


"F" guruhida uchta jamoa hisobida bir xil 6tadan ochko bor. Bular - "Guangju Evergrand", "Degu" va "Sanfrechche Xirosima". Faqat Avstraliyaning "Melburn Viktori" klubi hamma o'yinlarni boy bergan. 

3-tur natijalari:

"Sanfrechche Xirosima" - "Degu" 2:0 

"Guangju Evergrand" - "Melburn Viktori" 4:0

 


"G" guruhida "Chonbuk Xyunday" 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Urava Reds" bilan "Beyjing" hisobida to'rttadan ochko bor. Tailandning "Buriram Yunayted" klubi esa 3 ochko bilan oxirgi o'rinni egallab turibdi. 

3-tur natijalari:

"Urava Reds" - "Chonbuk Xyunday" 0:1 

"Buriram Yunayted" - "Beyjing" 0:0



Va nihoyat oxirgi "H" guruhida peshqadam Janubiy Koreyaning "Ulsan Xyunday" klubi bo'lib turibdi. Odil Ahmedov to'p tepayotgan "Shanxay SIPG" bu turda durang o'ynashi natijasida faqat bir ochkoni qo'lga kiritdi. 

3-tur natijalari: 

"Sidney FK" - "Shanxay SIPG" 3:3 

"Ulsan Xyunday" - "Kavasaki Frontale" 1:0

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia