

Shu kuni Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa Bahraynning "Al Hidd" klubini Toshkentda qabul qiladi. Bu o'yin g'olibi 7 fevralda Saudiya Arabistonida "Al Fateh" mehmoni bo'ladi.
"Nasaf" OCHL pley-off bahslari uchun 25 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazdi. "Ajdarlar" agar guruh bosqichiga chiqa olishsa ro'yxatga yangi futbolchilar qo'sha olishadi.
Jamoaning yangi a'zosi Akmal Shorahmedov o'zi uchun odatiy bo'lgan 2-raqamda ro'yxatdan o'tkazildi. Tarkibda ikki nafar legioner bor. Rossiyalik himoyachi Igor Golban va serbiyalik hujumchi Dragan Cheran.
Futbolchilar orasida eng bo'ydori darvozabon Eldorbek Suyunov (190 sm), eng bo'yi pasti Akbar Murodov (162 sm). Vaznlar bo'yicha esa Suyunov eng birinchi (85 kg), jamoadagi eng engil futbolchi esa Azizjon G'aniev (60 kg).
Darvozabonlar: Eldorbek Suyunov, Sanjar Quvvatov, Umidjon Ergashev
Himoyachilar: Akmal Shorahmedov, Maqsud Karimov, G'olib G'aybullaev, Igor Golban, Sherzod A'zamov, Saydullo Rahmatov, Najmiddin Normurodov
Yarim himoyachilar: Azizjon G'aniev, Sirojiddin Qo'ziev, Dilshod Rahmatullaev, Sharof Muhitdinov, Bahrom Abdurahimov, Islom Rashidxonov, Akbar Murodov, Odiljon Hamrobekov, Farruh Sayfiev, Doniyor Narzullaev
Hujumchilar: Shahboz Erkinov, Dilshod Xushbakov, Islom Kenjaboev, Bobir Abdixoliqov, Dragan Cheran




