"Obod": Ochilish o'yiniga kirish bepul, koncert ham bo'ladi

Narzulla Saydullayev
10 mar 2017, 12:06
Bugun oliy liganing 2-turida "Obod" klubi "Jar" stadionida "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi.

"Obod" klubining mavsumdagi ilk uy uchrashuvidan oldin soat 15:00da tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Unda elimiz suygan sanatkorlar yig'ilgan muxlislarga o'z qo'shiqlarini taqdim etishadi. "Obod" - "Qo'qon-1912" uchrashuviga tomoshabinlar bepul kirish imkoniyatiga ega bo'lishadi. O'yin soat 16:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia