Noyer "Bavariya"ning navbatdagi o'yinini ham o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
15 okt 2022, 17:16
Myunxen klubining birinchi raqamli posboni Manuel Noyer Germaniya chempionati doirasidagi "Frayburg"ga qarshi o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Buni jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann ma'lum qildi.

"Manuel o'ynamaydi. Uning elkasida hamon og'riq bor. Umid qilamizki, u keyingi hafta o'z vazifasiga qaytadi. Musiala? O'ylaymanki, u zaxira o'rindig'ida qoladi", – dedi murabbiy.

"Bavariya" 16 oktyabr yakshanba kuni "Alyanc Arena"da "Frayburg"ni qabul qiladi. O'yin Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bayern & Germany