

"Neftchi" bilan uchrashuvdagi mag'lubiyatdan keyin No'mon Hasanov iste'foga chiqish haqida ariza bilan klub rahbariyatiga murojaat qildi. Uning bu murojaati qondirildi va Hasanov "Paxtakor" bosh murabbiyligidan ozod etildi. Endilikda jamoaga bosh murabbiy vazifasini uzoq yillardan beri murabbiylar shtabida faoliyat ko'rsatib kelayotgan Grigoriy Kolosovskiy bajaradi. Biz Hasanovga klubda amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirib, Kolosovskiyga faoliyatida omad tilab qolamiz.



