Neymar "Renn"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
17 avg 2019, 17:58
PSJ hujumchisi Neymar Fransiya chempionati 2-tur o'yinini o'tkazib yuboradi.

Neymar bugun jamoa mashg'ulotlariga qaytdi. U oldinroq Fransiya Superkubogi doirasidagi "Renn"ga qarshi o'yinni va Fransiya chempionatining 1-turi doirasida "Nim"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborgan edi.

- Neymar umumiy guruhdagi mashg'ulotlarni yakunlamadi, uni maydonga tushishiga juda ham erta deb o'ylayman, - deydi PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel.

Braziliyalik futbolchi tez orada "Barselona"ga o'tishi mumkinligi to'g'risidagi xabarlar yangramoqda.

Omar Momanidan karikatura: Neymar Koutinoni xursand holda "Bavariya"ga kuzatib qo'ymoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AFP