Neymar: “Pepening provokaciyasiga uchramaslik yo'lini bilaman”

Tolibjon Qosimov
25 okt 2013, 11:58
“Barselona” klubi hujumchisi Neymar, Ispaniya chempionati 10-tur doirasida “Real”ga qarshi o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rayotgani xususida fikr bildirib o'tdi.

“Sentyabrda bo'lib o'tgan Portugaliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan oldin men va mening terma jamoadagi sherigim Tiago Silva videomaterial oldik. U yerda qanday qilib Pepening provokaciyasiga uchramaslik haqida ma'lumot keltirib o'tilgan edi.

Biroq bu videomaterial nafaqat men uchun balki butun Braziliya terma jamoasi uchun tayyorlangan edi”, - deydi Nemar “Globo TV”ga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Braziliya ushbu uchrashuvda Portugaliya ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozongan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru