
Dastlab “Qizilqum” jamoasi bosh murabbiyi Yuriy Lukin fikrlarini bildirib o'tdi: “Teng kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Uchrashuv oxirlarida “Navbahor” jamoasiga oxirgi daqiqalarda omad kulib boqdi va g'alabani qo'lga kiritdi. O'z navbatida futbolchilarimiz ham yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Jamoaga yangi murabbiyni kelganligi ham namanganliklarning foydasiga xizmat qildi deb o'ylayman. Shu sababdan ham futbolchilar so'nggi soniyalargacha kurashib, maqsadlariga yetishdi. Jamoamizda moliyaviy tomondan hech qanday muammo yo'q. OAVlarda shunday ma'lumot tarqatilgan bo'lsada, bunday demaganman. Bari noto'g'ri ma'lumot va bo'xtondan o'zga narsa emas. Endi chempionatning qolgan turlarida ishonchliroq o'yin ko'rsatib, ligadagi o'rnimizni saqlab qolishga harakat qilamiz”.