"Navbahor": Muxlislarni syurpriz kutmoqda

Narzulla Saydullayev
1 mar 2014, 18:21
Keyingi haftada jamoamiz Toshkentda tashkil etilgan navbatdagi yig'inni yakunlaydi.
Yig'inning so'nggi qismida esa ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazish rejalashtirilmoqda. Xususan, 3 mart kuni futbolchilarimiz “Andijon” jamoasi bilan bahs olib borishadi. 7 mart sanasida esa “Olmaliq” bilan kuch sinashish ko'zda tutilgan. Aynan olmaliqliklarga qarshi o'yindan so'ng jamoa a'zolariga qisqa muddatlik tatil e'lon qilinadi.

Shu kunga qadar, mavsumlar oralig'ida jamoaga taklif etilgan bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzolab bo'linganligini etirof etish joiz. Xususan, Rahmatullo Berdimurodov, Otabek Valijonov, Alisher Mahmudov, Yuriy Rijko, Doniyor Usmonov, Rabbim Hasanovlar yangi mavsumda “Navbahor” sharafini himoya qilishadi. Shu bilan birgalikda, 2013 yil yakuniga ko'ra jamoamiz bilan amaldagi shartnoma muddatlari yakunlangan Ilhom Boydedaev, Azim Ahmedov, Sobir Hamidov hamda Timur Yafarovlar bilan ham shartnoma muddatlari uzaytirildi. Shu kunlarda shartnoma tuzilmagan futbolchilar bilan ham kelishuvga erishiladi.

Shu o'rinda “Navbahor” muxlislarini o'ziga xos syurpriz kutayotganligini aytib o'tish joiz. Yani jamoa murabbiylar shtabi tarkibdagi raqobatni oshirish maqsadida ayrim futbolchilarni tarkibga qo'shishni maqsad qilishgan. “Navbahor”ga chaqirilgan futbolchilar shu kunlarda safga qo'shilishadi. Yangi o'yinchilar jamoa safiga qo'shilishi hamanoq, bu haqda saytimizda ma'lumot berib o'tamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz