

Namangandagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadigan uchrashuvni boshlanish vaqtiga oydinlik kiritildi. Unga ko'ra navbatdagi o'yin soat 18.30da boshlanadi. Bir kun oldin bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi bahs ham “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadi. Yoshlar birinchiligidan o'rin olgan uchrashuv esa soat 17.30da boshlanadi. Jizzaxdagi o'yindan keyin murabbiylar futbolchilarga bir kunlik tatil e'lon qilishgandi. Bugundan jamoamiz a'zolari “Mashal” jamoasiga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni ham boshlab yuborishdi.



