

Yig'in so'nggida avval xabar berib o'tganimizdek, Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi bilan navbatdagi nazorat uchrashuvi o'tkaziladi. Jizzaxliklarga qarshi o'yindan keyin jamoa a'zolariga qisqa muddatlik tatil e'lon qilinadi. Tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi ham poytaxtda davom ettiriladi. Jamoa a'zolari 2 fevralda yana Toshkentda yig'ilib, mavsumga hozirlikni davom ettirishadi. O'tgan vaqt davomida jamoamiz tarkibida o'zgarish ro'y bermaganligini aytib o'tish joiz. “So'g'diyona”ga qarshi uchrashuvdan keyin esa tarkibda saralash ishlarini olib borish ko'zda tutilgan. Yani “Navbahor” ko'rigida bo'lgan ayrim futbolchilarga javob berilishi mumkin.



