"Navbahor": Bugun futbolchilar poytaxtda to'planishadi

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2015, 13:07
Rejaga ko'ra bugun "Navbahor" futbolchilari Toshkent shahrida to'planishadi hamda yangi mavsum tayyorgarligini davom ettirishadi.
Poytaxtda o'tadigan yig'in fevral o'rtalariga qadar davom etadi. Undan tashqari jamoa O'zPFL Kubogi musobaqasida ham ishtirok etishi ma'lum bo'ldi. Bu yilgi rejadan xorij safari o'rin olmaganligini eslatib o'tamiz. Ushbu haftada jamoa a'zolari Futbol-MED sho'ba korxonasida tibbiy ko'rikdan o'tishadi.

Mazkur yig'in davomida futbolchilar so'nggi marta saralab olinadi va "Navbahor"da qoluvchilar ma'lum bo'ladi. Avval aytib o'tganimizdek, Yuriy Rijko va Aleksandar Leposavichlar bugun safga qo'shilishi ko'zda tutilgan.

Baxtiyor Ashurmatovning jamoada emasligi ayrim futbolchilarning "Navbahor" yig'iniga qo'shilishiga to'sqinlik qilmoqda. Jamoa bosh murabbiyi kelgach yana yangi futbolchilar qo'shilishi mumkin.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: lochinlar.asia