"Nasaf" tojikistonlik futbolchining dubli tufayli Iroqning to'rt karra chempionini mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2018, 20:54
Turkiyada o'quv yig'in mashg'ulotlarini davom ettirayotgan “ajdarlar” bugun yana bir nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.

Bu safar "Nasaf" Iroq premer-ligasi ishtirokchisi, to'rt karra mamlakat chempioni “Arbil” klubi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvda "ajdarlar" raqibini 2:1 hisobida mag'lub etdi. Tojikistonlik legioner Jahongir Aliev dublga erishdi.

“Nasaf” ertaga, yurtimizga jo'nash oldidan yana bir nazorat uchrashuvi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz