"Nasaf" oliy ligadagi 500-uchrashuvini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
31 okt 2013, 16:56
Qarshining "Nasaf" klubi 29 oktyabr kuni "Buxoro"ni yirik 5:1 hisobida mag'lub etdi.
Ushbu o'yin "ajdarlar" uchun oliy liga tarixidagi 500-o'yin bo'ldi. "Nasaf" oliy ligada 1997 yildan buyon muntazam ravishda ishtirok etmoqda.

Hozirga qadar klub 275ta g'alaba, 93ta durangga erishgan. 132 marta raqiblarga imkoniyat boy berilgan. To'plar nisbati 915:598. Ochkolar soni 918taga teng.

Oliy ligada bugunga qadar "Paxtakor", "Neftchi", "Navbahor", "Buxoro", "Andijon", "Dinamo" va "So'g'diyona" kabi klublar 500lik davonini zabt etishgandi.

Umumiy ochkolar bo'yicha "Nasaf" ayni paytda "Paxtakor", "Neftchi" va "Navbahor"dan keyin to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia