

Nasaf qishki o'quv-mashg'ulotlari yig'ini doirasida bugun ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Bu galgi raqib qo'shni Tojikiston davlatining Regarr-TadAZ jamoasi bo'ladi. Uchrashuv bugun, 24 yanvar kuni Mehnatchi stadionda 15:00 da boshlanadi.
Ma'lumot uchun, Regar-TadAZ jamoasi 2019 yilgi mavsumda Tojikiston chempionatining bronza medallarini qo'lga kiritgan.
Regar-TadAZ jamoasining qo'lga kiritgan yutuqlari:
Tojikiston chempioni (7): 2001, 2002, 2003, 2004, 2006, 2007, 2008.
Tojikiston chempionatining kumush medali sovrindori (7): 1992, 2000, 2005, 2009, 2010, 2011, 2012.
Tojikiston chempionatining bronza medali sovrindori (2): 2016,2019.
Tojikiston kubogi sohibi (6): 2000/01, 2001/02, 2005, 2006, 2011, 2012.




