

Yanvar oyidagi yig'inini Qarshida boshlagan "Nasaf" 27 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahriga uchib ketadi. Turkiyadagi tayyorgarlik 15 fevralgacha davom etadi.
OCHLga tayyorlanayotgan qarshiliklar Antaliyada 8 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushishadi. "Ajdarlar"ning Turkiyadagi raqiblari "Dechich" (Chernogoriya), "Polissya" (Ukraina), "Bruk-Bet Termalika" (Polsha), "Lvov" (Ukraina), "Dila" (Gruziya), "Kedah Darul Aman" (Malayziya), "Minay" (Ukraina), "Ordabasi" (Qozog'iston) jamoalari bo'ladi.



