"Napoli" muxlislari klub prezidentiga tahdid qilishmoqda

Aslanov Jasurbek
6 avg 2016, 17:43
"Napoli" muxlislari hujumchi Gonsalo Iguainning "Yuventus"ga o'tishida klub rahbariyatini ayblamoqda.

Ishqibozlarning fikricha, "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis forvardni ushlab qolishga barcha imkoniyatini ishga solmagan.

Ma'lumotlarga ko'ra, muxlislar haqoratli so'zlar yozilgan bannerlar tayyorlashdi va ular Neapol shahrining turli tumanlariga ilib chiqildi.

Xatto bazi bannerlarda klub prezidentini urishga chorlovchi so'zlar bo'lgan. Policiya bu borada tekshiruv ishlarini o'tkazmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia