"Napoli" forvardi Osimxen mushak noqulayligi sabab shug'ullanmayapti. "Barsa" bilan o'yin - ertaga

Alisher
16 fev 2022, 18:49
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen "Barselona"ga qarshi Yevropa Ligasi 1/8 final ilk o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.

Nigeriyalik futbolchi mushak jarohati sabab bugun jamoa bilan birga shug'ullanmadi. Futbolchi Kataloniyaga jamoa bilan yo'l olishi kerak.

Ayni damda 23 yoshli futbolchi ertangi o'yinni qabul qilish yoki qilmasligi ma'lum emas.

Osimxen joriy mavsum A Seriya doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/giaco_iaco