Nani: “Ronaldu ko'p jihatlarni mendan o'rgangan”

Eldor Akmurzayev
25 mar 2020
“Orlando Siti” futbolchisi Luish Nani eng yaxshi futbolchilar beshligini tuzdi.

“Darvozaga De Xeani qo'yaman, u dunyoning eng yaxshi kiperi. David – mening do'stim, ammo u o'zi bilan ko'zoynak olib yurishi kerak, sababi usiz hech narsani ko'rmaydi.

Deko – sevimli futbolchilarimdan biri. U menga ko'p narsani o'rgatgan va uning texnikasi beshga besh o'tadigan uchrashuvga to'g'ri keladi.

Himoyachi – Brunu Alvesh, u himoyada harakat qiladigan yuqori texnikaviy futbolchi. O'ynash kerak bo'lsa, u o'ynaydi. Yo'q qilish kerak bo'lsa, u bunga ham tayyor.

Krishtianu Ronalduning mahorati, uning tezkor oyoqlari … Bularning barini u yoshligida mendan o'rgangan. U bundan xabardor (kuladi)”, deya beshinchi futbolchi sifatida o'zini qo'shgan Nani.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/luisnani