Jarohatdan qaytgan Messi jamoasini Liga kubogi finaliga olib chiqdi

Khoja
28 avg 2025, 08:00
Liga kubogining yarim finalida "Inter Mayami" "Orlando Siti"ni qabul qildi.

Uchrashuvda mezbonlarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bahsda jarohatdan so'ng ilk bor maydonga tushgan Lionel Messi dubl qayd etdi. Shuningdek, "Inter Mayami"ning yana bir goliga Telasko Segoviya mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona goli Marko Pashalishning nomiga yozildi.

"Inter Mayami" fianlda "Los-Andjeles Gelaks" - "Sietl Saunders" uchrashuvi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.


O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com