Nahotki, "Manchester Siti" MYUning asosiy futbolchisi uchun taklif yubordi

Mirjalol Normatov
2 sen 2018, 16:10
Pol Pogbaning "Manchester Yunayted"dan ketishi borasidagi mish-mishlar ko'paymoqda.

"Express" xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi "Manchester Siti"ning qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. "Shaharliklar" futbolchi borasida "Yunayted" rahbariyatiga taklif ham yuborgan. "Siti" xavbek uchun 90 mln evrodan voz kechishga tayyor turibdi.

Oldinroq Pogba Mourinyo bilan janjallashib qolgani sababli, jamoadan ketishi mumkinligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express