Myuller: "Agar "Bavariya" CHL finaliga chiqsa, buni mo'jiza deb yozishingiz mumkin"

Aslanov Jasurbek
11 may 2015, 17:12
"Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myuller "Barselona"ga qarshi uchrashuv oldindan matbuot-anjumanida ishtirok etdi.

"Biz ertangi uchrashuvda raqibga munosib ravishda javob berishimiz kerak. O'yinda muvozanatga erishib, tuzukroq hujum qilishimiz lozim. "Barselona"ning uchligi juda xavfli. Ularga qarshi himoyalanish doimo qiyin.

Agar finalga chiqsak buni mo'jiza deb yozishingiz mumkin. Yo'qotadigan hech narsamiz yo'q. Bahs hakamning xushtagidan so'ng yakunlanadi" - deydi Myuller.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com