MYUga qarshi o'yinda Kepa "Chelsi"ga yordam bera olmaydi

Mirjalol Normatov
24 okt 2020, 00:16
Ispaniyalik golkiper lazaretda davolanmoqda.

Bu haqida "Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard ma'lumot berdi.

"Tyago Silva ham Kristian Pulishichda ham hammasi joyida. Kepani istisno qilgan holda bizda katta yo'qotishlar, jarohatlar yo'qligini aytib o'ta olaman. Uning elkasida jarohat bor va shu sababdan Manchesterga uchmaydi. Umuman olganda tarkibdagi yagona yangi futbolchi - Billi Gilmur", - dedi mutaxassis.

Oldinroq Kepa Arrisabalaga tez orada "Chelsi"ni tark etishi mumkinligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal