MYU yarim himoyachisi norozi bo'lmoqda

Mirjalol Normatov
3 dek 2018, 19:55
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Fred klubdagi holatidan mamnun emas.

"Manchester Evening News" nashri xabariga ko'ra, 25 yoshli braziliyalik kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan norozi bo'lmoqda. U termaga chaqirilmaganining sababi sifatida aynan shuni bilmoqda.

Ammo Fred jamoadan ketmoqchi emas va o'yinlarda ko'proq maydonga tushishni istamoqda.

MYU Fredni o'tgan yozda "Shaxtyor"dan 60 mln evroga xarid qilgandi. U bu mavsum jamoasi tarkibida 10 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports