MYU sobiq futbolchisi: "Manchester Yunayted" faqat Angliya kubogiga da'vogarlik qiladi"

Tolibjon Qosimov
21 dek 2017, 19:36
"Manchester Yunayted" Angliya Liga kubogida "Bristol Siti"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqadan chiqib ketdi.

"Yunayted"ning sobiq o'yinchisi Rey Uilkins bunga o'z munosabatini bildirdi.

"Shunchaki, MYU kamroq yugurdi. Joriy mavsum uchta sovrin uchun kurashayotgan jamoa uchun alamli bo'ldi. APL uchun kurash esa tugagan. Mamlakat kubogi, Liga kubogi va YCHL bor edi. "Yunayted" Chempionlar ligasida g'alabadan yiroqda. Demak, faqatgina Angliya kubogi qoldi", - dedi Uilkins.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: TalkSPORT