

Transfer summasi qo'shimcha bonuslar bilan 30 million funtni tashkil etdi.
Kin "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015 yil Lui Van Gal davrida himoyachi 2 million funt evaziga "Bernli"ga sotilgan va kelishuvda bordiyu futbolchi boshqa klubga sotiladigan bo'lsa, MYU transfer summasining 25 foiziga egalik qilishi ko'rsatilgan.
Kin "Everton" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.




