MYU joriy mavsum Maguayr asosiy tarkibda maydonga tushgan o'yinlarda faqat yutqazgan

Sherzod Nurmatov
9 sen 2022, 12:52
"Manchester Yunayted" himoyachi Harri Maguayr uchrashuvni boshlang'ich tarkibda boshlagan 3 ta o'yinda mag'lub bo'lgan va usiz kechgan 4 ta bahsda g'alaba qozongan.

Kecha "Manchester Yunayted" Yevropa Ligasi guruh bosqichi 1-turida “Real Sosedad”dan mag'lub bo'ldi (0:1).

Erik ten Hag jamoasi uchta o'yinda mag'lubiyatga uchradi – "Yunayted" mavsum boshida APLda "Brentford" va "Brayton"ga yutqazdi. Maguayr esa ushbu uchta o'yinda ham maydonga tushgandi.

Chempionat boshidagi ikkita mag'lubiyatdan so'ng ten Hag angliyalikni zaxiraga o'tkazdi va "Manchester Yunayted"da 4 o'yindan iborat g'alabali seriya nasib qildi.

Maguayr g'alabali o'yinlarning uchtasini to'liq zaxirada o'tkazdi va bittasida 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sports.ru