MYU Bonuchchi borasidagi vaziyatni kuzatib bormoqda

Mirjalol Normatov
27 iyun 2018, 12:19
"Milan" sardori Leonardo Bonuchchi "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Angliya jamoasi futbolchining "rosssoneri"dagi holatini kuzatib bormoqda. Bu haftada "Milan" evrokuboklardan chetlatilishi mumkin.

Agarda UEFA "Milan"ni evrokuboklardan chetlatsa, 31 yoshli italiyalik himoyachi tumanli albionga ko'chib o'tishi mumkin.

Oldinroq "Milan" Bonuchchini PSJga sotishdan bosh tortgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia