MYU Armaniston futbol federatsiyasidan Mxitaryanni terma jamoaga chaqirmaslikni so'radi

Aslanov Jasurbek
3 okt 2016, 16:12
Armaniston futbol federatsiyasi "Manchester Yunayted"dan klub yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanni Ruminiya va Polshaga qarshi JCH-2018 saralash o'yinlariga chaqirmaslik haqida xat oldi.

"Mxitaryan "Manchester Yunayted" safida olgan jarohatini bartaraf etish maqsadida davolanmoqda. So'nggi haftada u o'zini yaxshi qilayotganini ma'lum qildi, ammo hozircha Genrix bor kuchi bilan o'ynay olmaydi. Shu sababli agar Armaniston futbol federatsiyasi Genrixni Manchestyerda qolishiga va davolanishda davom etishiga ruhsat bersa biz minnatdor bo'lar edik" - deyiladi xatda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com