Musaev to'liq o'ynadi, "Al Muayzir" mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2014, 13:18
Qatar yulduzlar ligasi 15-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Fozil Musaev to'p tepayotgan "Al Muayzir" klubi ushbu turni safarda "Qatar Sk"ga qarshi o'tkazib mag'lub bo'ldi - 1:2. Uchrashuvda Fozil Musaev doimgidek to'liq 90 daqiqa davomida harakat qildi.

"Al Muayzir" 11 ochko bilan musobaqa jadvalining 14-pog'onasida bormoqda.

Klub navbatdagi o'yinni 24 yanvar kuni "Al Ahli"ga qarshi safarda o'tkazadi.

"Qatar SK" - "Al Muayzir" 2:1
Gollar
: Adriano 14, Musa Majid 15 - J.Kendrik 78.

Qatar yulduzlar ligasi musobaqa jadvali

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia