MTJ. Geynrix va Hamrobekov yig'inga qo'shilishdi

Narzulla Saydullayev
5 noya 2016, 17:14
Bugun Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi "Jar" stadionida mashg'ulot o'tkazdi.

Bugungi mashg'ulotlarga "Ordabasi" klubi hujumchisi Aleksandr Geynrix va "Nasaf" yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov qo'shildi. Dastlab futbolchilar Andrey Shipilov boshchiligida chigalyozdi mashg'ulotlarni bajarishdi. Anvar Rashidov esa darvozabonlar bilan ishladi.

So'ngra futbolchilar to'p bilan ishlashdi. Uch guruhga bo'lingan holda uch nafar darvozabonni sinovdan o'tkazib olishdi. Bugungi mashg'ulotlardan fotogalereyani yaqin vaqt ichida saytimizda tomosha qilishingiz mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia