Mourinyo: "Tez orada "Manchester Yunayted" uchinchi futbolchi haqida e'lon qiladi"

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2016, 16:00
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning ma'lum qilishicha, klub yangi futbolchi borasida deyarli kelishuvga erishgan.

Taxminlarga ko'ra, bu Dortmundning "Borussiya" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan. Oldinroq "qizil iblislar" Zlatan Ibragimovich va Erik Bayi bilan shartnoma tuzgan edi.

"Tez orada uchinchi futbolchi haqida e'lon qilamiz. Jamoa barqarorligini ushlab turish maqsadida to'rt poziciyaga to'g'ri keladigan futbolchilar ro'yxatini tuzib chiqdik. Yuqori o'rinlarga da'vogarlik qilish uchun tarkibda o'zgarishlarni ko'rmoqchiman. Klubimiz har yili Chempionlar ligasida o'ynashga majbur" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com