Mourinyo: "Siti" iloji boricha kechroq chempion bo'lishini istayman"

Aslanov Jasurbek
7 apr 2018, 17:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Manchester Siti"ga qarshi bo'ladigan derbi haqida fikr bildirdi.

"Biz bu uchrashuvda g'alaba qozonmoqchimiz. Ularning chempionligini kechiktirmoqchimiz. Bugun biz g'alaba qozonsak, keyingisida "Tottenxem" g'alabaga erishishini istardim.

"Chelsi" ham shuni his qilyapti, chunki ular iloji boricha ko'proq vaqt amaldagi chempionlar bo'lishni istaydi. Bu normal holat, biroq "Manchester Siti" chempion bo'lishi aniq. chunki o'rtadagi farq katta" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As