Mourinyo MYUning yana bir futbolchisi bilan urushib qolgan

Mirjalol Normatov
30 sen 2018, 13:39
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo yarim himoyachi Aleksis Sanches bilan urushib qolgan.

Mirror xabariga ko'ra, bu voqea mashg'ulotlarda ro'y bergan. Portugaliyalik murabbiy futbolchini talablarni bajara olmayotgani uchun tanqid qilgan. Bundan esa chililikning jahli chiqqan.

Shu boisdan Aleksis "Vest Xem"ga qarshi o'yinning qaydnomasiga kiritilmagan. Oldinroq aytilganidek, Mourinyo xavbek Pogba bilan ham janjallashib qolgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail