Mourinyo: "Manchester Yunayted" futbolchilarini tanqid qilishayotganiga men aybdorman"

Aslanov Jasurbek
21 okt 2017, 13:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning so'zlariga ko'ra, uning jamoasi tanqidlar ostida qolsa, bunga mutaxassisning g'alabali tarixi ham sabab bo'lmoqda.

"Bazida futbolchilarim tanqid qilinishiga men aybdor bo'laman, chunki odamlar doim yaxshi natijaga erishishimga o'rganib qolishgan. Kimlarningdir tanqid qilish uchun vaqti bor. Kimlardir men kabi fikrlamaydi, ammo bu men uchun muammo emas. MYU mag'lubiyatlarga uchrab turadi. Bu qachon ro'y berishini va bizni hozirgidanda kuchliroq tanqid qilishlarini tasavvur qilyapman" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian