
"O'ylashimcha, "Bazel" - yaxshi jamoa. Londonda ular bizdan yaxshiroq o'ynashgandi. Shundan so'ng "Bazel" "Styaua"ni mag'lub eta olmay, o'z vaziyatini og'irlashtirib yubordi. Hozir bizning vaziyatimiz yaxshiroq, keyingi turdan oldin yanada yaxshi bo'lishini istayman. Ayni paytda "Bazel"da bosim ko'proq. Biz ertaga pley-off masalasini hal qilishimiz mumkin, Shveytsariya klubiga esa g'alaba ham etmasligi mumkin", - deydi Mourinyo.