Mourinyo Belgiyada kimni kuzatdi?

Mirjalol Normatov
20 noya 2018
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo 15 noyabr kunida Belgiya - Islandiya uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qildi.

"Het Laatste Nieuws" nashri xabariga ko'ra, portugaliyalik murabbiy jamoaga yangi olib kelinadigan futbolchilarni o'zi tanlamoqda. U televizor ortidan emas, bevosita stadionning o'zidan futbolchilarni kuzatib bormoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, 55 yoshli mutaxassis faqatgina Tobi Alderveyrldnigina emas, "Borussiya" xavbeki Aksel Vitselning o'yinlarini ham diqqatlik bilan tomosha qilgan.

Vitsel Xitoydagi ikki mavsumlik faoliyatidan keyin Yevropaga qaytgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Het Laatste Nieuws