Mourinyo: "Ayrim futbolchilarim qo'rqdi"

Mirjalol Normatov
18 mar 2018, 11:47
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya Kubogi doirasida "Brayton" (2:0) bilan uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Yigitlar men xohlagandek o'ynay olishmadi. Ular mashg'ulotlarda bajargan ishlarini o'yinlarda eplay olishmayapti. O'yinni nazorat ostiga oldik va g'alabaga loyiq o'ynadik, biroq chiroyli o'yin namoyish qila olmadik. Ayrim paytlarda mashg'ulotlarda bajariladigan ishlar va o'yinda uni bajarish o'rtasida katta farq bo'ladi. Bu esa meni bezovta qilmoqda. Ayrim futbolchilarim futbol o'ynashdan qo'rqishdi. Men hech qachon shaxsiyatga qarab ish ko'rmayman, ularning darajasi, ishonchliligi va xarakteriga qarayman", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru