Montella: "Milan" "Jenoa" bilan bahsda yorqin o'yin ko'rsatmadi, biroq 3 ochkoga ega bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
19 mar 2017, 19:12
"Milan" bosh murabbiyi Vinchenco Montella "Jenoa"ga qarshi A Seriyaning 29-tur uchrashuvida qo'lga kiritilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

"Biz yaxshi o'yin o'tkazdik. To'pni o'zimizda ko'proq ushlab turish uchun sabr qilish kerakligini tushunib turgan edik. Birinchi bo'limda 3-4 ta yaxshi vaziyatga ega bo'ldik.

Tanaffusdan so'ng "Jenoa" hech qanday vaziyat yaratmadi, biz o'yinni boshqardik. Yorqin o'yin ko'rsatmagan bo'lishimiz mumkin, biroq muhim 3 ochkoga ega bo'ldik" - deydi Montella.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia