"Monako"ning muhim futbolchisi jarohat tufayli PSJga qarshi o'ynamaydi
Aslanov Jasurbek
25 noya 2017, 18:45
"Monako" yarim himoyachisi Toma Lemar elka jarohatidan qutila olmadi va PSJga qarshi bo'lib o'tadigan Fransiya chempionatining 14-tur uchrashuvida ishtirok etmaydi.
22 yoshli futbolchi jarohatidan qutilgani yo'q, shu sababli u umumiy guruh bilan ishlamayapti. Lemar noyabr boshida jarohat olgan edi.
Joriy mavsum Lemar Fransiya chempionatining 10ta uchrashuvida ishtirok etib, 1ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.